O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida Sky Camp Bo‘stonliq sport festivaliga start berildi

2021-09-18 | Sport

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan joriy yilda uchta poygadan iborat tadbirlar seriyasi tashkil etiladi. 

Zaamin Ultra ortidan navbat Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi festivalga yetib keldi.

Bugun Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida Sky Camp Bo'stonliq sport va musiqa festivali tantanali ochildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov so'zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda bu kabi tadbirlarni tez-tez o'tkazib turish kerakligini ta'kidladi. Shundan so'ng tog' velopoygasiga start berildi.

Sky Camp Bo'stonliq sport festivali 18-19-sentyabr kunlari Bo'stonliq tumanidagi Amirsoy tog‘ kurorti va “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlarida bo‘lib o‘tadi.

Sport dasturidan Sky Camp Run - tog‘ cho‘qqisiga qarab 4 km (vertikal kilometr) masofaga yugurish, Sky Camp Bike - uzunligi 11 km bo‘lgan tog‘ velopoygasi, Sky Camp Swim - Chorvoq suv ombori hududida 1 km va 500 m masofaga suzish, Sky Camp Zen - uch xil faollikni birlashtirgan tadbir: yoga, 2 km masofaga yugurish va meditatsiya o'rin olgan. Sport dasturidan tashqari, ishtirokchi va mehmonlar an’anaviy hamda zamonaviy musiqiy dasturlardan bahramand bo‘lishadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться