O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahrida O‘zbekiston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
2021-09-17 | Jamiyat
Joriy yil 29-30 sentyabr kunlari «O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli» mavzusida iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan iktisodiy islohotlar jarayonida to‘plangan tajriba tahlil qilinadi. Bundan tashqari, iqtiqboldagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama etiladi.
Forum doirasida iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlaridagi mavzularga bag‘ishlangan, xalqaro ekspertlar va yuqori tajribaga ega mutaxassislar ishtirokidagi ochiq muhokama va munozalar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Xorijiy jurnalistlar ishtirokida muhokamalar va The Financial Times bilan maxsus virtual shoʻba sessiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida so‘nggi besh yildagi iqtisodiy islohotlar jarayonida to‘plangan tajribani zamonaviy usullar yordamida tahlil qilish hamda quyidagi sohalardagi islohotlar bo‘yicha fikr almashiniladi:
-Makroiqtisodiy islohotlar;
-Davlat ishtirokidagi korxonalar transformatsiyasi;
-Davlat ishtirokidagi banklar transformatsiyasi;
-Kapital bozorlarini rivojlantirish;
-Davlat-xususiy sheriklik loyihalari va xususiylashtirish yo‘nalishlari.
Anjuman gibrid va onlayn shakllarda o‘tkaziladi.
Yuqori xalqaro darajadagi forumda ishtirok etish bo‘yicha batafsil maʼlumotlar bilan economic-forum.uz saytida tanishish mumkin.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi