O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm viloyati yoshlari uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishga tushirilmoqda
2021-09-15 | Jamiyat
IT Park hamda TATU Urganch filiali hamkorlikda Xorazm viloyatidagi startap g‘oyasi bo‘lgan yoshlar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishga tushirildi. Ushbu dastur mutlaqo bepul va 2 oy davom etadi. Unda siz o‘z g‘oyangizni rivijlantirish va uni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Dastur mentor yordami, tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar, tanlovlar, potensial investorlar uchun taqdimotga tayyorgarlik kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Ishtirok etishni xohlovchi yoshlar 28-sentabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Inkubatsiya dasturiga ro‘yxatdan o‘tish: https://incubation.ubtuit.uz/ru/startup
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi