O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xivadagi xalqaro forumda Prezidentimiz maktubi o‘qib eshittirildi

2021-09-15 | Jamiyat

Xiva shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro forumi boshlandi.

YUNESKO shafeligida o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro forum ishida dunyoning ko‘plab davlatlaridan kelgan olimlar, ekspertlar, sharqshunos va manbashunoslar, tarixchilar ishtirok etmoqda.  

 Bugun shiddat bilan yangilanib borayotgan O‘zbekistonimizda siyosiy-iqtisodiy jabhalar bilan birga, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham tub ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu jarayonda jahon ilm-fan rivojiga betimsol hissa qo‘shgan alloma bobolarimiz hayoti, ibratli faoliyati, tarixiy merosini keng va atroflicha o‘rganish masalalari davlatimiz rahbarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.  

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga maktubini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o‘qib eshittirdi.  

 Tinchlikparvar islom dini bilan bog‘liq boy va noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida keng va yaxlit tasavvur uyg‘otish, ular bilan xalqimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish yo‘nalishida keng xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish masalasi mamlakatimiz yetakchisi tomonidan hayotga joriy etilayotgan ezgu sa’y-harakatlar, elparvar, ma’rifatparvar tashabbuslarda doim ustuvor ahamiyat kasb etgan.  

 Shu bilan birga, islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.  

 Ma’lumki, azaldan Markaziy Osiyo bashariyat sivilizatsiyasining muhim va uzviy qismlaridan biri sanalgan. Ilm-ma’rifatning beshigi sanalgan tabarruk zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk zotlar, benazir sarkarda bobolarimiz, allomalar insoniyatni ezgulikka, poklik va bunyodkorlik sari undovchi g‘oyalari qadimiy davlatchilik jamiyatining asosi sanalgan.  

 bugungi ilm-fanga, taraqqiyotga asos bo‘lgan ulug‘ mutafakkir ajdodlarimizning merosi tubsiz ummonga o‘xshaydi. U hali hamon insoniyatning katta qiziqishi, ishtiyoqi, e’tibori, yuksak ehtiromiga sazovor bo‘lib kelayotgani jahon akademik doiralarning mamlakatimiz ilmiy-ma’rifiy salohiyatiga bo‘lgan qiziqishida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.  

 Yangilanish yo‘lidan jadal odimlayotgan O‘zbekistonmizda so‘nggi yillarda ochiq, xalqchil, elparvar, shaffof, obodlik va erkinlik, farvonlikka asoslangan islohotlar shiddat bilan kechmoqda. Barcha jabhalardagi yangilanish jarayonlari dunyoning ko‘z o‘ngida ro‘y bermoqda. O‘zbekiston jahon nigohida yangilanib borayotir. Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi dunyoning yetakchi davlatlarida ham nishonlangani buning amaldagi yana bir yorqin namunasidir.  

 Mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asnosida jahon tan olgan allomalarimiz hayoti va merosini o‘rganish, targ‘ib etish, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarida keskin burilish yasash, ijodkorlar, olimlar faoliyatiga rag‘bat ko‘rsatishga e’tibor yanada kuchaydi. O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi, allomalarimiz nomi bilan bog‘liq markazlarning faoliyati davr ruhiga monand olib borilmoqda.  

 Xalqaro forum davom etmoqda.  

Manba: O'zA

Поделиться