O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyati hokimi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining sovrindorlariga uy sovg‘a qildi

2021-09-15 | Sport

Samarqand shahrida Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi E.Turdimov qatnashib, barcha Olimpiyachilarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan qutlab o‘tdi.

“Hammamiz musobaqani katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. Shuni alohida mamnuniyat bilan aytib o‘tmoqchimanki, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish va unda ishtirok etishning o‘zi bir sharafdir. Shunday ekan, unda ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman”, – dedi viloyat hokimi.

Erishilgan har bir natijadan so‘ng, ayniqsa, davlatimiz bayrog‘i yuksaklikka ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangraganda barchalarimizning qalblarimiz g‘urur va iftixorga to‘ldi.

Taʼkidlash joiz, Samarqanddan Olimpiada o‘yinlarida 10 nafar, Paralimpiya o‘yinlarida esa 4 nafar sportchilari ishtirok etib, qator medallarga sazovor bo‘lishdi. Paralimpiya chempioni Husniddin Norbekovga Samarqand shahridan uch xonali, Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Parvina Samandarova hamda dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori Davlat Bobonovga esa ikki xonali uyning kaliti topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться