O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Polsha Milliy xavfsizlik byurosi boshlig‘i bilan uchrashuv
2021-09-14 | Siyosat
2021-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Polsha Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Polsha tomoni O‘zbekistonga Afg‘onistondan Polsha va boshqa chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishni tashkil etishga ko‘rsatgan salmoqli yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi