O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi-2021 yil natijalariga ko‘ra 94-o‘ringa ko‘tarildi

2021-09-13 | Iqtisodiyot

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoat Rivojlanishi Tashkiloti (UNIDO) tomonidan chop etiladigan “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi 2021” (Competitive Industrial Performance Index) yillik mamlakat hisobotida O‘zbekiston Respublikasi 94-o‘rinni egallagan holda o‘tgan yilga nisbatan o‘z o‘rnini 1 pog‘onaga yaxshiladi hamda o‘rtacha past kvintil davlatlar qatorida qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilgi natijasida 152 ta mamlakatlar orasida 0,017 indeksi (so‘nggi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘rsatkichi +0,001 ga yaxshilandi) bilan 94-o‘rinni egallab,1 ta pog‘onaga ko‘tarilgan. Shuningdek, reytingning mintaqaviy taqsimotiga ko‘ra O‘zbekiston Markaziy va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari qatoridan o‘rin olib, 22 ta davlat orasidan 11-o‘rinni egalladi va o‘tgan yilga nisbatan o‘rnini 2 ta o‘ringa yaxshiladi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, indeksning oxirgi hisobotiga ko‘ra O‘zbekiston 8 ta indikatorning 5 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, shu bilan 2 ta indikatorda pasaygan va 1 tasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan.

O‘zbekiston Respublikasining Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi tarkibiy ko‘rsatkichlarning 2018 va 2019 yillardagi qiyoslama jadvali

Indeks metodologiyasiga asosan 2021-yil uchun hisobot natijalari 2019-yil hamda 2020-yil uchun hisobot natijalari 2018-yil ma’lumotlariga asosan shakllantirilgan.

Dunyo reytingining yuqori beshligidan Germaniya (0,460), Xitoy (0,386), AQSh (0,353), Yaponiya (0,352) hamda Koreya Respublikasi (0,347) davlatlari o‘rin egallagan.

Shuningdek, MDH davlatlar orasida O‘zbekiston Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Ukrainadan keyin 5 o‘rinni egallagan.

Indeks hisoboti bo‘yicha havola: https://stat.unido.org/cip/

Indeksni yurituvchi tashkilot (UNIDO) tomonidan o‘tgan yillardagi indeks ko‘rsatkichlari metodologik o‘zgarishlarga muvofiq qayta hisob-kitob qilingan va bu davlatlarning indeksdagi reyting o‘rni hamda ko‘rsatkichlariga ta’sir o‘tkazgan.

Поделиться