O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Berlin Economics” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2021-09-10 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 9-sentabr sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov “Berling Economics” (Germaniya) xalqaro konsalting tashkiloti vakillari Jost de Jager va Voldemar Volter bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi department direktori Temirmalik Xolikov va boshqarma boshlig‘i Bexzod Mamatov hamda vazirlikning boshqa mutaxassislari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar bugungi kunda o’zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bo’yicha firk almashdilar. Xususan, O’zbekistonning tog’-kon hamda mis sanoatini rivojlantirish, bu borada uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalarini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
“Berlin Economics” a’zolari, o’z navbatida, O’zbekistonda tog’-kon va mis sanoatini rivojlanitirishga ushbu sohadagi yirik xorijiy kompaniyalarni jalb qilish orqali ko’maklashishga tayyorligini ma’lum qilishdi.
Shu bilan birga, tomonlar O’zbekistonda energiya samardorligini oshirish masalasiga va bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilishdi. O’zbekiston tomoni energiya samaradorligini oshirish uchun mamlakatda yillik elektr energiyasiga talabni oldindan prognoz qilish muhimligini ta’kidladi va “Berlin Economics” a’zolariga ushbu yo’nalishda hamkorlik qilishni taklif qildi.
Uchrashuv so‘nggida, tomonlar kelgusi jarayonlarda yuqori o‘rinda qayd etilgan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi