O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Misr Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-09-08 | Siyosat
2021-yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Faxmiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlar muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sayyohlik, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi