O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2021-09-07 | Siyosat
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha vaziri Dominik Raab o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar rivojini muhokama qildilar.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish borasida fikr almashildi. Har ikki tomonning bu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirishdan birday manfaatdor ekanligi ma’lum qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi