O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MSK A’zolari va xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi

2021-08-31 | Jamiyat

Markaziy saylov komissiyasida  O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida Markaziy saylov komisiyasining  bir guruh xodimlariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi. Tadbir avvalida MSK Raisi Zayniddin Nizamxodjayev so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться