O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa kengashi rahbari O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi

2021-08-30 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Yevrokengash Prezidenti davlatimiz rahbari va O‘zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qat’iy qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Yevroittifoq hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonga “Preferensiyalar bosh tizimi plyus” benefitsiari maqomi taqdim etilgani ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va YeI mamlakatlarining yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ilgari surishga, shuningdek, moliyaviy-texnik ko‘mak dasturini kengaytirishga xizmat qilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi sammitning kun tartibini ishlab chiqish, shu jumladan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘onistondagi ahvolning keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashildi. Yevrokengash Prezidenti fuqarolarni evakuatsiya qilish bo‘yicha insonparvarlik operatsiyalarini o‘tkazishda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Bundan tashqari, joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya hamda avgust oyi boshida Turkmanistonda o‘tgan mintaqamiz davlatlari rahbarlari uchinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari yuksak baholandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться