O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya davlat vaziri bilan uchrashuv
2021-08-26 | Siyosat
2021-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari, tomonlarning xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaat kasb etadigan masalalar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Afg‘onistondagi vaziyat va bu mamlakatda voqealar rivoji istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi