O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senat yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati taqdim etildi

2021-08-26 | Siyosat

Bugun o‘z ishini boshlagan Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Senat Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, majlisda Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tomonidan mamlakatimiz tashqi siyosatini amalga oshirish, O‘zbekiston davlat manfaatlari va mamlakat fuqarolarining xorijiy davlatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan faoliyat amalga oshirilgani taʼkidlandi. Bunda vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini tartibga solishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, TIVning faol ishtirokida 2021 yilning birinchi yarim yilligida davlat rahbarining 40 dan ortiq tashrifi va xorijiy mamlakatlarning yetakchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.

Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida vazirlik va idoralar, mamlakat hududlari hokimliklari vakillarining xorijiy mamlakatlarga 125 ta tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan birgalikda jami 411,5 million AQSH dollari miqdorida 473 ta eksport shartnomasi tuzildi. 88,27 million dollarlik beg‘araz texnik yordam mablag‘lari va grant jalb etildi. Mahalliy mahsulotlar eksportini yana-da samarali targ‘ib qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida 706 ta turli tadbir, taqdimotlar o‘tkazildi, xorijiy ommaviy axborot vositalarida 719 ta material chop etilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga, Senat tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish, shuningdek, uni xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi muhokama qilish jarayonida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida qator muammo va kamchiliklar borligi taʼkidlandi.

Xususan, diplomatik missiyalar tomonidan taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan tizimli ishlarni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Istiqbolli tashqi savdo bozorlarini tahliliy va marketingga oid tadqiq etish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, shuningdek, ularning natijalarini tegishli vazirliklar, idoralar, tadbirkorlik tuzilmalari va yetakchi eksport qiluvchi korxonalarga tezkor taqdim etilmasligi taʼkidlandi.

Vazirlikda moliyaviy intizomni kuchaytirish va byudjet mablag‘lari sarflanishi ustidan samarali nazorat o‘rnatish zarurligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, senatorlar Senat qarorlari va Senat qo‘mitalari qarorlarining qator qoidalari o‘z vaqtida ijro etilmasligiga urg‘u berdi. Xususan, bu yuqori darajadagi tashriflar natijalaridan kelib chiqqan holda imzolangan “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish holati to‘g‘risidagi axborotlarni eshitish yakunlari bo‘yicha kuzatilgan.

Har tomonlama va ochiq muhokama yakunlari bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli idoralarga, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga TIV faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar va tavsiyalar berildi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться