O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida

2021-08-25 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qаrori

Tadbirkorlarning muammo va masalalarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, insofli soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hicobga olish tartibi o‘rnatilsin.

2. O‘rnatilsinki:

mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan imkoniyat oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan – intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi;

tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

3. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab:

qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;

soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.Kudbiyev) uch oy muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti shakllariga soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy miqdorini qoplab berish (qaytarish) bo‘yicha soliq organlariga murojaat qilishni aks ettiruvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.

4. Moliya vazirligi (T.Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.Kudbiyev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M.Azimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov) bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini ishlab chiqsin va mazkur tartibni tajriba tariqasida 2022-yil 31-dekabrgacha amaliyotga joriy qilsin.

5. Moliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror mohiyati va mazmunining, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng tushuntirilishini tashkil qilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021-yil 24-avgust

Manba: O'zA

Поделиться