O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida

2021-08-25 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini taʼminlash borasidagi katta xizmatlari, soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yoʻlidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

 

Ahmedov Muhammad Ismatovich

-

Buxoro tumanidagi “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Buxoro viloyati

Ayupov Shavkat Abdullayevich

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori

Gʻafurov Ibrohim Usmonovich

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim

Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasi mudiri

 

Ahmedov Muhammad Ismatovich
Buxoro tumanidagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro Viloyati

Ayupov Shavkat Abdullayevich
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti Direktori

Gʻafurov Ibrohim Usmonovich
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim

Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik kafedrasi mudiri

O‘zbekiston Respublikasi

       Prezidenti                             Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2021-yil 24-avgust

Manba: O'zA

Поделиться