O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“ArMI–2021”: “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasini O‘zbekiston jamoasi rekordlarni yangilash bilan boshladi

2021-08-24 | Xavfsizlik sohasi

Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Harbiy-tibbiy estafeta”ning “Shaxsiy mahorat” bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Unda ishtirokchi jamoalar vakillari – kichik va o‘rta tibbiyot hamda vrach mutaxassislar erkaklar va ayollar guruhlariga bo‘lingan holda o‘zlariga biriktirilgan qurollar, ya’ni AK-74 avtomati va PM-9 pistoletidan nishonlarga yakka tartibda otish bo‘yicha merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazdilar. 

Musobaqalar xalqaro hakamlar tomonidan hamda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining bevosita kuzatuvi asosida shaffof tarzda bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi jamoasi vakilasi – mutaxassis-feldsher, kichik serjant Amina Mamedova eng yuksak natija ko‘rsatib, AK-74 qurolidan otish bo‘yicha 193 ball to‘pladi va yangi rekordni o‘rnatdi. Avvalgi rekord 185 ball bo‘lib, 2019-yilda o‘rnatilgan edi. 

PM-9 pistoletidan o‘q otish bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Xitoy Xalq Respublikasi vakilasi, vrach leytenant Fu Fey ham 184 ball to‘plab, avvalgi rekordni yangiladi. Musobaqaning mazkur sharti bo‘yicha so‘nggi rekord natija 176 ball bo‘lib, uni 2018-yilda Rossiya Federatsiyasi jamoasi vakilasi o‘rnatgan edi.

Umumjamoa hisobiga ko‘ra, “Shaxsiy mahorat” bellashuvida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi, Rossiya Federatsiyasi ikkinchi, Xitoy Xalq Respublikasi uchinchi o‘rinlarni qayd etishdi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться