O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

2021-08-21 | Fan

HAMDARDLIK

Elektronika va yarim o‘tkazgichlar fizikasi sohasida  taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Muhammad Kabir Bahodirxonov 2021-yilning 19-avgust kuni  80 yoshida vafot etdi.

M.Bahodirxonov 1941-yil 17-avgustda Xitoy Xalq Respublikasining G‘ulja shahrida tug‘ildi. 1965 yili Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tugatib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyin esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2017-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

U o‘zining qariyb 60 yillik faoliyati davomida Toshkent davlat universitetida, Oliy attestatsiya komissiyasida va umrining oxirigacha Toshkent davlat texnika universitetida turli vazifalarda samarali mehnat qilib, yurtimizda elektronika va mikroelektronika sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi.

Izlanuvchan olim muallifligida yaratilgan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 15 dan ziyod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi tomonidan yaxshi kutib olingan. 100 dan ortiq maqolalari AQSH, Germaniya, Rossiya, Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan.

M.Bahodirxonov O‘zbekiston fizika ilmiy maktablari an’analarini davom ettirish va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib, yurtimizda birinchilardan bo‘lib sanoat-texnologik tizimidan iborat ilmiy laboratoriya tashkil etish va ushbu laboratoriyada nanostrukturali kremniy olish texnologiyasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

U 1996 yildan buyon xalqaro fondlar grantlari doirasida Germaniya, Rossiya, Xitoy, Shvetsiya mamlakatlarining taniqli olimlari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Xalqaro hamkorlik doirasida jahonning bir qator mashhur universitetlarida ilmiy ma’ruzalar o‘qidi va 50 dan ortiq xalqaro kongress va konferensiyalarda ishtirok etdi.

Jonkuyar ustoz rahbarligida 5 nafar fan doktori va 25 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan.

Akademik M.Bahodirxonovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti va «Do‘stlik» ordeniga sazovor bo‘lgan edi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Muhammad Kabir Bahodirxonovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

A.Aripov, B.Yuldashev

Manba: O'zA

Поделиться