O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-08-23 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va aloqa sohasi tashkilotlari xodimlari Marg‘ilon shahridagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi va yoshlar uchun sport anjomlari, o‘quv qurollari, kundalik oziq-ovqatlar hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarga viloyatdagi IT -markazlarda bepul o‘qish imkoniyati beriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi