O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Narmatov Bexzot Raxmatullaevich “O‘ZTRANSGAZ” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi
2021-08-23 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Narmatov Bexzot Raxmatullaevich “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
B.Narmatov “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi