O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlandi
2021-08-20 | Siyosat
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tadbirkorlarning takliflari eshitiladi.
Muloqotda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 600 ga yaqin tadbirkor, viloyat va tumanlardagi studiyalarda esa jami 10000 ga yaqin ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.
Manba: O'zA