O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axboroti
2021-08-18 | Siyosat
Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Germaniya Federativ Respublikasiga Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini, shuningdek Germaniyaning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodimlar – Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonida texnik ko‘mak ko‘rsatadi. Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi