O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirlik va idoralar rahbarlari qaysi turdagi vaksina bilan emlangan?
2021-08-18 | Sog‘liqni saqlash
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati davlat boshqaruv organlari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohalari rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini sarhisob qildi. Maqsad – yuqori lavozimli amaldorlar hamda taniqli shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganmi yoki yo‘qmi, shuningdek ular qaysi vaksina bilan emlangani to‘g‘risida maʼlumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etishdir.
Hozirda aholini immunizatsiya qilish har qachongidan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Jamoaviy immunitet hosil qilish uchun emlanish darajasini oshirish o‘limgacha olib keluvchi infeksiyadan himoyalanish hayot va mamot masalasiga aylandi. Ommaviy vaksinatsiya borasida O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar, aholi uchun bir nechta turdagi vaksinalarning taklif etilishiga qaramay aholi o‘rtasida mazkur jarayonlarga nisbatan turlicha qarashlar, fikrlar va savollar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, rahbarlar koronavirusga qarshi emlandilarmi, emlangan bo‘lsalar qayi vaksinani oldilar, degan savollar ko‘p kelib tushgani bois maʼlumotlar yig‘ilib taqdim etilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi