O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati IIB, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2021-08-17 | Jamiyat
Ochiq osmon ostida oʻtkazilgan maʼrifiy tadbirda, Samarqand davlat Arxitektura va qurilish instituti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” dotsenti, viloyat Madaniyat boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi oʻrinbosari hamda Samarqand viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbari ishtirok etib, insonning maʼnaviy kamolotida kitobning oʻrni haqida gapirib oʻtdi.
“Qat-qat qatlama, aqling boʻlsa tashlama” deya pinhoniy topishmoqlar qatidan joy olgan duru javohir - bu shubhasiz kitobdir. Undan yaqinroq doʻst yoʻq va uningdek dardkash ham boʻlmasa kerak. IIO xodimlari ham kitobga oshno ekanligi, badiiy va siyosiy, didaktik va detektiv, psixologik va memuar asarlarni koʻp oʻqishi, oʻqiganlari esa xizmat vazifasini bajarish chogʻida yana ham as qotishi borasida soʻzga chiqqanlar toʻxtalib oʻtishdi.
Samarqand viloyati IIB, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi oʻrtasida “Maʼnaviyat va maʼrifat sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash” hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum asosida, xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, vatanparvarlik, faxr va iftixor tuygʻularini mustahkamlash, buyuk allomalar hayoti va faoliyati haqida chuqur tushunchalarga ega boʻlish, qolaversa ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni rivojlantirish bosh maqsad sifatida qaralmoqda.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi