O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Parlament o‘yinlari” sport musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

2021-08-16 | Sport

Shu yil 14-avgust kuni Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan Turizm va sport vazirligi, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va devoni xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi kubogi uchun “Parlament o‘yinlari” sport musobaqasining yakuniy Respublika bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston parlamentining deputatlar va senatorlar o‘rtasida “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi Prezidentimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ham qo‘llab-quvvatlandi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad – senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va uni yanada rivojlantirishdan iborat etdi.

Musobaqalar respublika bo‘ylab 3 bosqichda sportning mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Jumladan, birinchi bosqich – viloyat miqyosida fevral-mart oylarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari a’zolaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida, ikkinchi bosqich – hudud miqyosida (mintaqaviy) viloyatda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida aprel-may oylarida tashkil etildi.

Mazkur musobaqalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 4 720 nafar a’zosi ishtirok etib, sportda o‘z imkoniyatlarini sinaovdan o‘tkazishdi.

“Parlament o‘yinlari” sport musobaqasining uchinchi – Respublika final bosqichi hududlarda (mintaqalarda) 1-o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida joriy yil 14-15-avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda hududlardan jami 135 nafar deputat g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqalarni mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi bo‘yicha professional hakamlar boshqarib bordi.

Murosasiz kechgan bahslardan so‘ng hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol bo‘yicha Sirdaryo viloyati, voleybol bo‘yicha Navoiy viloyati, badminton bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hamda stol tennisi bo‘yicha Samarqand viloyatlari deputatlari “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarining mutlaq g‘oliblari deb topildi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov hamda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi B.Sayfullaev tomonidan taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar tashkilochilar tomonidan estalik sovg‘alari, medallar, diplomlar hamda musobaqa bosh homiysi “Nil-granit” (Samo) MChJning qimmatbaho sovg‘alari bilan ham mukofotlandi.

Поделиться