O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekneftgaz”: Yanvar–iyul oylarida qo‘shimcha 1 800,1 mln kub metr tabiiy gaz va 31,7 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi

2021-08-13 | Iqtisodiyot

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘iga asosan konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2021-yilning yanvar–iyul oylarida jamiyat tasarrufidagi neft' va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalarida uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
 
Jumladan, uglevodorodlarni qazib chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar grafigiga asosan joriy yilning yanvar'-iyul' oylarida 101 ta quduq burg‘ilashdan, 405 ta quduq mukammal ta'mirlashdan va 39 ta texnologik ob'ektlar qurib ishga tushirildi. Ushbu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida, qo‘shimcha 1 800,1 mln kub metr tabiiy gaz va 31,7 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi.
 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi va mavjud quduqlarni samali ishlatish natijasida, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft' va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi quyidagicha bo‘ldi:
 
• Tabiiy gaz – 19 625,9 mln kub.metr, rejaga nisbatan 100,0%;
 
• Neft' – 68,9 ming tonna, rejaga nisbatan 106,9%;
 
• Kondensat – 821,8 ming tonna, rejaga nisbatan 101,6%;
 
• Oltingugurt – 154,0 ming tonna, rejaga nisbatan 128,7%;
 
• Polietilen – 74,4 ming tonna, rejaga nisbatan 105,8%;
 
• Avtobenzin – 508,2 ming tonna, rejaga nisbatan 126,1%;
 
• Dizel' yonilg‘isi – 167,5 ming tonna, rejaga nisbatan 155,2%.

Поделиться