O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali ochiladi
2021-08-11 | Jamiyat
Bugun Kinematografiya agentligida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti vakillari bilan institutning Toshkentdagi filialini ochish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Agentlik rahbariyati, kinomutaxassislar, ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, talabalarning o‘qishini ko‘chirish, sifatli ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikda ijodiy tanlovlar va festivallar o‘tkazish, tayyorlov kurslarini tashkil etish va yoshlarni filmlar suratga olishida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi muhim masalalar o‘rtaga tashlandi.
Manba: O'zA