O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Elchisi bilan uchrashuv
2021-08-11 | Siyosat
2021-yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniel Rozenblyumni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Amerika hamkorligining ayrim jihatlari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi rahbari etib tayinlangan Mikela Meridit va AQSh Elchisining yangi o‘rinbosari Pol Polites ishtirok etdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi