O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekologiya va gidrologiya markazi bilan videomuloqot

2021-08-06 | Ekologiya

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda ilmiy xodimlari ishtirokida Buyuk Britaniya Ekologiya va gidrologiya markazi (UK Center For Ecology & Hydrology, UKCEH) bilan videomuloqot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda UKCEH ijrochi direktori M. Beyli, ilmiy izlanishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Djenkins ham qatnashdi.

Alohida ta’kidlash joizki, Ekologiya va gidrologiya markazi to‘rtta tadqiqot institutining birlashishi orqali tashkil etilgan mustaqil, nodavlat va notijorat tashkilotdir. 500 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilar faoliyat ko‘rsatadigan ushbu institut atrof-muhitni monitoring qilish, modellashtirish, murakkab ekologik muammolarni hal qilishda dalillarga asoslangan yechimlarni ishlab chiquvchi yetakchi ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi.

Muloqot davomida UKCEH bilan O‘zbekiston Respublikasining tegishli tashkilotlari o‘rtasida biologik xilma-xillik, suv va yer resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish kabi sohalarda hamkorlik qilish, ilmiy izlanish va qo‘shma tadqiqotlar amalga oshirish imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Gavhar Mamadjanova onlayn uchrashuvda istiqbolli ilmiy loyihalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Buyuk Britaniya Ekologiya va gidrologiya markazi vakillari bilan bunday takliflar bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar olib borishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться