O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi boshlandi
2021-08-06 | Siyosat
Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Norboyeva ishtirok etmoqda.
Majlisda gender tenglikka erishish siyosatini amalga oshirish xususida fikr almashish, mintaqa xotin-qizlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti deklaratsiyasini qabul qilish va yetakchi ayollar muloqoti ishtirokchilarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga murojaat qilishi rejalashtirilgan.
Manba: O'zA