O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Olimpiya o‘yinlarida yangi sport turida debyut qildik
2021-08-05 | Sport
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz zabt etgan yangi sport turi zamonaviy beshkurash bo‘ldi. Bugun ushbu sport turida saralash bahslari boshlandi.
Ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada Alise Faxrutdinova kurashga kirishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlab qilichbozlik bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtimiz 35 jangdan 16 tasidan g‘alaba qozondi va bu unga 196 ochko taqdim qildi. Hozircha vakilamiz 22-pog‘onada ketmoqda. Bugun, shuningdek, erkaklar o‘rtasida yana bir vakilimiz Aleksandr Savkin ham qilichbozlik bo‘yicha janglarini o‘tkazadi. Musobaqaning qolgan dasturlarida yurtimizda Olimpiya sport turlari geografiyasini kengaytirgan zamonaviy beshkurashchilarimizga omad tilab qolamiz.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi