O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Janub-2021” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma o‘quvlari davom etmoqda

2021-08-05 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston-Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari mashg‘ulot doirasida «Termiz» dala-o‘quv maydonida yaratilgan shart-sharoitlar, yurt himoyachilarining kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan amaliy o‘quv joylari bilan yaqindan tanishdilar.

Ishtirokchilar kecha “Termiz” poligonidagi majmuaviy maxsus taktik mashq yo‘lagi, unda jumladan, muhandislik, turli sun'iy va suvli to‘siqlardan o‘tish, jarayonda mo‘ljalga o‘qotar qurollardan otish, arqon yordamida to‘siqlardan o‘tish, qo‘l jangi va boshqa mashqlarni bajarishdi.  Jarayonda tutun yordamida niqoblanish, qurol-aslahalar tavsifi, tog‘ tayyorgarligi, evakuasiya kabi mashqlar ham namoyish etildi. O‘zaro jipslik, do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari ham tashkil etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться