O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Erkinjon Turdimov muammoni aytgan mahalla raisini mukofotladi

2021-08-02 | Siyosat

Samarqand viloyati hokimligida fuqarolarning murojaatlari ijrosi murojaatchilar va mas’ullar ishtirokida muhokama etildi.

Viloyatning turli hududlaridan kelgan har bir murojaatchining muammosi eshitilib, masalani shu yerning o‘zida hal etish chorasi ko‘rildi.

Samarqand shahar Sartepa maskanida yashovchi N.Rahimova besh yil oldin yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan biridan xonadon sotib olgani, ammo haligacha lift ishlamasligini aytib yordam so‘radi.

Uchrashuvga taklif etilgan qurilish tashkiloti mas’uli bir hafta muddatga ko‘p qavatli uyga yangi lift qo‘yilishi va muammo hal etilishini bildirdi.

Pastdarg‘om tumanidan Paxtachi tumaniga kelin bo‘lib tushgan fuqaro turmush o‘rtog‘i vafot etgach, qaynotasining xonadoniga sig‘mayotgani va uch nafar farzandi bilan ota uyiga qaytib kelganini bildirib, viloyat hokimining telegramiga murojaat qilgan. Bu ayolni uy-joy bilan ta’minlash masalasida Paxtachi va Pastdarg‘om tuman mas’ullarining fikrlari so‘raldi va viloyat hokimi taklifi bilan unga Pastdarg‘om tuman Charg‘in qo‘rg‘onida qurilayotgan ko‘p qavatli uydan 2 xonali xonadon ajratib beriladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda, uy-joy, ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlardagi kamchiliklar bilan bog‘liq murojaatlar ko‘p bo‘ldi va ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

2016-yilda kasb-hunar kollejini bitirgan Suhrob Otaqulov haligacha ish topolmay yurgani bildirib, ushbu masalada yordam so‘radi. Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Suxrob bilan suhbatlashib, uning qiziqishi, ishga layoqatini o‘rgandi va shu kunning o‘zida u boshqarmaga haydovchilikka ishga qabul qilindi.

Samarqand shahridagi Abdulla Avloniy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Yo‘ldosh Ziyoyev mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarni suv bilan ta’minlashda muammolar yuza kelayotganini bildirib, ushbu masalada viloyat hokimidan yordam so‘radi.

– Suv ta’minotiga mas’ullar bir hafta muddatda masalani ijobiy hal etib, axborot kiritadi, – dedi E.Turdimov. – Aholi muammolarini ko‘tarib chiqqani, fidoyiligi uchun mahalla raisiga 3 million so‘m bir martalik pul mukofoti beriladi. Bizga odamlar dardi bilan yashaydigan, o‘z hududida muammolarga yechim izlaydigan oqsoqollar kerak.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni barataf etish, ular roziligiga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar birinchi galdagi vazifa bo‘lishiga qaramasdan ba’zi soha mutasaddilari o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab kelayotganligini tanqid qildi. Uchrashuvda qirqdan ortiq fuqaroning murojaati tinglanib, masalalarning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Vaqt talab etadiganlari esa nazoratga olinadigan bo‘ldi va shu vaqtning o‘zida amaliy ishlarga kirishildi. O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan, fuqarolarning murojaatlarini vaqtida hal etmay kelayotgan ayrim mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladigan bo‘ldi.

Manba: O'zA

Поделиться