O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi

2021-08-02 | Jamiyat

O‘zbekistonda 156 ming gektar maydonda (shundan 50 ming gektar 2021-yilda) tokzorlar qurishdan tortib, tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishga qadar uzluksiz tizim yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimiz viloyatlarining 48 tumani uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Adliya vazirligining telegram kanalida tarqatilgan  maʼlumotga ko‘ra, 2021-yil 1-avgustdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida 30-yil muddatga ijaraga beriladi.

Ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 – 30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.

2021-yil 1-sentyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari tashkil etiladi, shuningdek, aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum yetishtirishni kengaytirishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

Shuningdek, uzum yetishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning to‘liq siklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etilishi alohida urg‘ulangan.

2022-yildan har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yo‘nalishida “Eng yaxshi uzum navi”, “Eng yaxshi intensiv tokzor”, “Eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “Eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominatsiyalarda o‘tkaziladigan respublika ko‘rik tanlovi taʼsis etiladi.

Bundan tashqari, hujjatda 2021-yil yakunigacha Jizzax davlat universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetida uzumchilik va vinochilik rivojlangan xorijiy davlatlar OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etilishi aytilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться