O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirus pandemiyasi davrida xorijiy davlatlar hududidan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish bo‘yicha tartiblar to‘g‘risidagi maʼlumot

2021-07-30 | Siyosat

Havo va temir yo‘l orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR (polimera zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan maʼlumotnomani taqdim qiladi.

PZR test o‘tkazish orqali koronavirus infeksiyasi mavjudligini tekshirish huquqiga ega laboratoriyalar va tibbiyot muassasalari ro‘yxati quyidagi havolada qayd qilingan: http://www.sanepid.uz/.

O‘zbekiston Respublikasiga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orkali kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija kayd etilgan maʼlumotnoma taqdim etilgan takdirda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi.

“Sariq” va “qizil” toifaga ajratilgan davlatlardan kirib kelayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda majburiyatnoma to‘ldirgan holda, 14 kunga yashash joyi bo‘yicha yoki mehmonxonada uy karantinini o‘tashlari talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga turist sifatida kelayotgan chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilmaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan turoperator tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari va Davlat bojxona qo‘mitasi vakillariga zarurat bo‘lganda turizm xizmati ko‘rsatilayotgan shaxslar va turizm xizmatini ko‘rsatish shartnomasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan vaucher taqdim qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralari o‘tish punktlarida, xalqaro aeroport hamda vokzallardan O‘zbekistonga “sariq” va “qizil” davlatlardan turoperator yoki turagent xizmatlaridan foydalanmagan holda mustaqil tashrif buyurayotgan turistlar umumiy tartibda kirib kelishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida turist tomonidan koronavirus infeksiyasining mavjud alomatlari tufayli topshirilgan test natijalari musbat chiqqanda o‘z mamlakatiga qaytib ketish masalasi shu kundagi muayyan aviakompaniya yoki boshqa transport kompaniyalarining yo‘lovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться