Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda tahlil qilish, ularning hayotiy ehtiyojlarini qondirish, muammolarni imkon qadar joyida hal etish bilan bog‘liq masalalar Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi hamda mas'ul rahbarlarning diqqat-e'tiborida bo‘ldi.
Bo‘lib o‘tgan muloqotda noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi, ularni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketmaslik, atmosfera havosini muhofaza qilish, shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilayotgan zararlar, xususan moratoriy davrida daraxtlarning kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat ekologik nazoratni kuchaytirish bilan bog‘liq murojaatlar bayon etildi.
Mazkur sayyor qabulda murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarga mas'ul ijrochilar biriktirilib, qisqa muddatlarda ijobiy hal etish choralari ko‘rildi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi