O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlatimiz rahbari farmatsevtika korxonasi faoliyati bilan tanishdi

2021-07-29 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi «Jurabek laboratories» qo‘shma korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Korxona 48 million flakon infuzion eritmalar, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotiklar, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan. Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.  bugungi pandemiya davrida juda muhim bo‘lgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda. Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanachalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan. Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.  Davlatimiz rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться