O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident quruvchilarning yashash joyini borib ko‘rdi
2021-07-29 | Hujjatlar
Davlatimiz rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi quruvchilari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Korxona yaqinida 3 ming kishiga mo‘ljallangan yotoq majmuasi barpo etilgan. Ishchilarning yashashi, dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezident bu yerda yotoq o‘rinlarini ko‘paytirish, bunday ixcham, shinam majmualarni boshqa zavodlarda ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Manba: O'zA