O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishg bilan bog‘liq masala yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasining axboroti eshitildi

2021-07-29 | Ekologiya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasining qo‘shma majlisida taqdim etildi.

Ta'kidlaganidek, noqonuniy harakatlarning aksariyatini o‘z vaqtida oldini olish choralari mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bunga Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, joylardagi sektor rahbarlari tomonidan jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga yetarli e'tibor qaratilmaganligi oqibatida 2021-yilning 6 oyi davomida respublikada daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq jami 2597 ta huquqbuzarlik sodir etilgan, huquqbuzarlarga nisbatan 3,1 mlrd so‘m jarima va o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘m zarar belgilangan. Eng achinarlisi, aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 2407 ta qimmatbaho navli daraxtlar, 2109 ta kam qimmatli daraxtlar, 1744 m3 butalar noqonuniy kesilgan.
 
Shu bilan birga 6 oyi davomida daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi va shikastlantirilishi bilan bog‘liq holatlar hududlar kesimida tahlil etilganda eng ko‘p Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1065 ta, Samarqand viloyatida 590 ta, Qashqadaryo viloyatida 534 ta, Toshkent viloyati 344 ta viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
 
Moratoriy joriy etilgan davrda respublika bo‘yicha 2020-yilning 31-dekabriga qadar davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 182 ming tup, shundan 92 ming tupga yaqin qimmatbaho daraxt va butalar navlarini saqlab qolinishiga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться