O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident vaksinatsiya haqida: Hozirgi sharoitdan kelib chiqib, boshqa yo‘limiz qolmayapti

2021-07-29 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat og‘irlashgani, vaksinatsiyani jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

– Pandemiya yana avj oldi. Qanchadan-qancha imkoniyatimiz va rezervlarimiz ketayapti. Boshqa yo‘limiz yo‘q, xalqimizning sog‘ligini o‘ylashimiz kerak. Qancha kerak bo‘lsa shuncha beramiz. Har bir fuqaromizning hayoti uchun kurashyapmiz. Shu fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizga yana bir marta murojaat qilmoqchiman: sog‘ligingizga o‘zingiz mas’ul va javobgarsizlar. Vaksinatsiya, vaksinatsiya, yana bir marta vaksinatsiya, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari 29-iyulda mamlakatimizga AQSHdan 3 million doza vaksina yetib kelayotgani, har bir viloyat hokimiga vaksinatsiya bo‘yicha tizimli nazoratni qo‘lga olish yuzasidan topshiriq berilganini qayd etdi:

– Emlangan bemorga to‘rt kunda javob berilyapti, vaksina olmaganlar juda qiynalyapti. Afsuski, ziyolilar qarshi gapirib, odamlarni chalg‘ityapti. To‘g‘ri, vaksina olganlar ham kasal bo‘layapti, lekin ularda yengil o‘tayapti. Biz, avgustning boshlarida “Sputnik V” vaksinasini yurtimizda ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya rahbarlari bilan gaplashyapmiz. Nega? Hozirgi tahlillar ko‘rsatayaptiki, bu balo bilan o‘n yillar kurashishga to‘g‘ri keladi, shunga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Men bugun ham shu masalada dunyo olimlarining fikrlarini o‘qidim. Ular koronavirus pandemiyasi o‘n yillar davom etishini taxmin qilayapti. Shuni inobatga olib, biz Xitoy va Rossiya vaksinasini o‘zimizda ishlab chiqarishni tashkil qilayapmiz. Hozirgi sharoitdan kelib chiqib, boshqa yo‘limiz qolmayapti. Ayniqsa, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari vakillarini vaksinatsiyani majburiy qilishdan o‘zga choramiz yo‘q, – dedi Prezident.

 
 

Manba: O'zA

Поделиться