O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani. Murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilmoqda
2021-07-28 | Ekologiya
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasidagi 34 va 37 ko‘p qavatli uylar oldida noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat kelib tushdi.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida davlat inspektorlari murojaatda qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlarini olib borishdi. Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, murojaat o‘z tasdig‘ini topdi.
Ushbu hududda qurilish va bunyodkorlik ishlarining olib borilishi natijasida 10 tup Aylantus daraxtini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda kesib tashlaganlik holati aniqlandi. Aniqlangan xuquqbuzarlik yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.
Holatga to‘liq oydinlik kiritilganidan so‘ng batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi