O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda ma’muriy sudlar hokimlarning yer bilan bog‘liq 40 ta qarorini haqiqiy emas deb topdi

2021-07-28 | Siyosat

Bu haqda Samarqand viloyat, tumanlararo ma’muriy sudlarining 2021-yil birinchi yarmi davomidagi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyevning qayd etishicha, viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan joriy yilning dastlabki olti oyida ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 626 ta ma’muriy ish ko‘rib tamomlangan. Bu ishlarning 170 tasi qanoatlantirilgan, 342 tasi rad qilingan, 58 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 56 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Jumladan, tuman va shahar hokimliklarining qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bilan bog‘liq 213 ta ish ko‘rilgan. Natijada hokimlarning yer bilan bog‘liq 40 ta qarorlari haqiqiy emas deb topilgan.

Shuningdek, tuman, shahar hokimliklari va boshqa davlat organlariga majburiyat yuklatish bilan bog‘liq 301 ta ish ko‘rilib, hokimlarning harakatlari qonunga hilof deb topilgan va majburiyat yuklatish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari chiqarilgan.

Xuddi shunday FHDYO bo‘limlari mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) bilan bog‘liq 70 ta ish ko‘rib chiqilgan va 47 ish bo‘yicha mansabdor shaxslarga majburiyat yuklatish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari qabul qilingan.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mansabdorlarining xatti-harakatlarini qonunga hilof deb topish bilan bog‘liq 42 ta ishdan 32 tasi bo‘yicha jamg‘arma tuman bo‘limlari mansabdor shaxslarining harakati qonunga hilof deb topilib, fuqarolarning huquqlari tiklangan.

Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ommaviy huquqiy munosabatlarga oid 151 ish ko‘rilib, sud qarorlarining 123 tasi o‘zgarishsiz qoldirilgan, 23 tasi bekor qilingan va 5 ta apellyatsiya shikoyati ish yuritishdan tugatilgan.

Manba: O'zA

Поделиться