O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

DSQda qo‘mita raisi Sherzod Kudbievning Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati komissari Kim Daeji bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2021-07-28 | Iqtisodiyot

Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida qo‘mita Raisi Sherzod Kudbiev bilan Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati komissari Kim Daeji uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda «Covid-19» pandemiyasi davrida ikki mamlakat soliq idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va soliq ma'muriyatchiligini raqamlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Tomonlar o‘z mamlakatlarida soliq sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijalari, xususan, soliq ma'muriyatiga raqamli texnologiyalar joriy etilgandan keyingi yutuqlar bilan tanishtirdilar. Ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalar, shuningdek mavjud tajribalarni hisobga olgan holda kelgusidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Axborot ta'minoti va kadrlar tayyorlash sohasi ham diqqat markazida bo‘ldi.  

Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati rahbari Kim Daeji O‘zbekiston davlat soliq organlari erishgan yutuqlarni yuqori baholadi va sohada olib borilayotgan transformasiya soliq ma'muriyatchiligini yanada optimallashtirishga va soliq to‘lovchilar ishonchini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz ekanligini ta'kidladi. 
 
Tashrifi doirasida mehmonlarga Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamentining yangilangan bo‘limlari, joriy yil oxirida tatbiq etilishi rejalashtirilgan mahalliy zamonaviy dasturiy ta'minot ishlanmalarining taqdimoti namoyish etildi. 
Koreya Respublikasi delegasiyasi tarkibidan xalqaro soliq solish masalalari, komplaens-nazorat va xalqaro shartnomalarni tartibga solish bo‘yicha yetakchi ekspertlar o‘rin olgan.
 
P.S. Koreya Respublikasi Milliy soliq xizmati vakillaridan iborat delegasiya tashrifi ertaga Samarqand viloyatida davom etadi. Mehmonlar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining har bir soliq to‘lovchiga alohida xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, aniq navigatsiya va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish infokioskalari bilan jihozlangan zamonaviy xizmat ko‘rsatish xonasi bilan tanishtiriladi.

Поделиться