O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandning ishbilarmon ayollari

2021-07-28 | Jamiyat

Samarqandda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining yirik loyihalaridan biri bo‘lgan mazkur tanlov xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, ularning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

– 2016-yildan buyon o‘tkazilayotgan tanlov doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etgan samarqandlik xotin-qizlar soni bugungi kunda 5486 nafardan oshdi, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi bo‘lim mudiri Nasiba Mo‘minova. 

– Bu yilgi tanlov ham dastlab viloyatimizning 16 tuman va shahrida o‘tkazilib, unda 1022 nafar tadbirkor, fermer, hunarmand, ishlab chiqarish sohasi vakillari qatnashdi. Ular orasidan saralangan 16 nafar g‘oliblar viloyat bosqichida yana bir bor o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. 

Tanlov yakuniga ko‘ra, Toyloq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor Navro‘za Hasanova Samarqandning eng ishbilarmon ayoli, deb e’tirof etildi. Samarqand shahridagi “Registan`s textile” oilaviy korxonasi direktori Dilnoza Toshpo‘latova ikkinchi, “Zulxumor” xususiy korxonasi rahbari Zulxumor Zoxidova uchinchi o‘rinni egalladi. Ular tanlovning mamlakat bosiqichiga yo‘llanma oldi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilar bir nechta nominatsiyalar bilan ham taqdirlandi. 

Manba: O'zA

Поделиться