O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MIB faoliyati raqamlarda
2021-07-28 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov yil boshidan buyon amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lum qildi.
Tadbirda ta’kidlandiki, mavjud qarzdorliklar, respublikadan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish, shu jumladan, ijro ishi jarayonini onlayn rejimda kuzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot “MIB.UZ” mobil ilovasi joriy etildi;
ijro jarayonida tashqi aralashuvlarning oldini olish maqsadida “MIB-portal” dasturiy ta’minoti orqali “Aqlli yordamchi” loyihasi ishga tushirildi.
Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi joriy etilganidan buyon Byuroda 182 mlrd. so‘m mablag‘ tejaldi.
Amalda undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,3 trln so‘m yoki 2 barobarga o‘sdi.
Birgina davlat foydasiga 4,9 trln. so‘m mablag‘ undirilib, bu boradagi ko‘rsatgich 2,7 barobarga oshdi.
Xuddi shunday soliq qarzdorligi bo‘yicha byudjetga 4,1 trln so‘mlik undiruv amalga oshirildi.
Elektron taqsimlash tizimi ishga tushirilib, byudjetga o‘tgan yilga nisbatan 164 mlrd. so‘m ko‘p mablag‘, ya’ni 183,4 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirildi;
– yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi joriy etilganidan buyon Byuroda 182 mlrd. so‘m mablag‘ tejaldi.
Musodara qilingan mol-mulklar hisobidan 315,1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida o‘tkazib berildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 4,5 trln so‘m, banklar uchun 1,8 trln so‘m va fuqarolarimiz manfaatlariga 731,2 mlrd so‘m undirildi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha Respublika va hududiy kengashlar yordamida:
– 13 ming 707 nafar ehtiyojmand qarzdor fuqarolarning 4 ming 458 nafari ish bilan ta’minlandi, shuningdek,
– 34 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi,
– 33 ta holatda qarzlarni to‘lash muddati uzaytirildi,
– 6 ta qarzdor tashkilotni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida ularga investorlar jalb qilindi.
Axborot texnologiyalari yordamida masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo ixtisoslashtirilgan bo‘limlar tomonidan 1,6 trln so‘mlik 130 mingdan ortiq hujjatning ijrosi ta’minlandi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:
– aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimiga 282 ming 801 nafar aliment oluvchi va to‘lovchi haqidagi ma’lumotlar kiritilib, ijro harakatlari bilan onlayn rejimda tanishib borish imkoni yaratildi;
– har bir aliment oluvchi nomiga bank hisob-varag‘i ochilib, ularga 94 ming dona plastik kartochka tarqatildi;
– moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 34 mlrd. 300 mln. so‘mlik aliment pullari undirildi, 4 mlrd. 200 mln. so‘mlik (31 ta) uy-joy va 1,5 mlrd. so‘mlik (15 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, aliment to‘lash uchun istagi bo‘lib, ish masalasida yechim topolmagan 31 ming 345 nafar ishsiz aliment to‘lovchilarning ish bilan bandligi ta’minlandi.
Oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning muqaddasligi masalasida olib borilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 9 ming 700 dan ortiq oila yarashtirildi.
Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 643 nafar fuqaro ishga tiklandi va ularga to‘lanmay qolgan 32,5 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi.
Byuro organlari uchun doimo e’tiborda bo‘lib kelayotgan- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarimizga 283,7 mlrd so‘m mablag‘lar o‘tkazib berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi