O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dushanbe. Qirg‘iziston Respublikasi ekologiya va iqlim bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv

2021-07-27 | Ekologiya

27-iyul kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Boqijonov hamda Qirg‘iziston Respublikasi Ekologiya va iqlim bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Dinara Qutmanova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bir qator masalalar, xususan, transchegaraviy suv oqimlari sohasidagi hamkorlik, biologik xilma-xillikni saqlash, qattiq maishiy chiqindilarning umumiy hajmini kamaytirish va mintaqadagi ikkilamchi xomashyo bozorini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Bokijhonov Sirdaryo suvlari sifati bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh ishida rasmiy ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi qirg‘iz tomoniga Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasida o‘z ishtirokini qayti tiklashini taklif qildi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida Pomir-Oloy va Tyan-Shyanda qor qoploni, uning ozuqa manbalari, ekotizimlari va landshaftlarini saqlab qolish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolanishni jadallashtirish taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться