O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
26 Nafar Informatika fani Oʻqituvchilari python dasturida tahsil olmoqda
2021-07-27 | Ta’lim
Yangi Namangan tumanidagi 86-axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida viloyatning shahar va tumanlaridagi umumtaʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan eng bilimli, solohiyatli va tashabbuskor informatika fani oʻqituvchilaridan saralangan ikki nafardan ustoz-muallimlar “PYTHON” dasturi boʻyicha oʻqitilmoqda.
Uch oy davom etadigan mazkur oʻquv kursi mobaynida oʻqituvchilar 3 bosqichda test sinovlaridan oʻtadilar. Birinchi bosqich test sinovlari natijalariga koʻra 26 nafar pedagog saralab olingan. Endilikda ular ikki oy mobaynida egallagan bilimlari asosida qayta test sinovlarini topshiradilar.
Yuqori sinf oʻquvchilariga dasturlash borasida zamonaviy bilimlarni chuqur oʻrgatish va mukammal bilim berish maqsodi koʻzda tutilgan mazkur oʻquv yakunida muvaffaqiyatli tahsil olgan informatiklarga maxsus sertifikat topshiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi