O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muattar Nabiyeva Olimpiya rekordi bilan tarixda qolmoqda
2021-07-27 | Sport
Og‘ir atletikachimiz Muattar Nabiyeva Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida Olimpiya rekordini yangiladi.
Andijonlik og‘ir atletikachimiz birinchi mashqda 98 kg toshni ko‘tarib, ushbu yo‘nalishda Olimpiada rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, siltab ko‘tarish mashqidagi raqobatda omad hamyurtimizni tark etdi. Yakunda 212 kg natija qayd etgan Nabiyeva musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.
Og‘ir atletika, -55 kg
1. Xidilin Dias (Filippin) – 224 (97+127) kg;
2. Siayun Liao (Xitoy) – 223 (97+126) kg;
3. Zulfiya Chinshanlo (Qozog‘iston) – 213 (90+123) kg;
4. Muattar Nabiyeva (O‘zbekiston) – 212 (98+114) kg.
Qayd etish joiz, Muattar Nabiyeva Olimpiya o‘yinlarida kuchli to‘rtlikka kirgan va Olimpiada rekordini o‘rnatgan dastlabki og‘ir atletikachi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi