O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tanqidiy tahlil, ish samarasini oshirishga xizmat qiladi

2021-07-23 | Xavfsizlik sohasi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning olti oyi davomida, Surxondaryo viloyati hududida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yo'l qo'yilgan xato va kamchilliklar, erishilgan yutuqlar muhokamasiga bag'ishlangan video-selektor tarzidagi tezkor yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan tezkor yig'ilishda, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Imoilov, boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalaridan IIB boshlig'i va o'rinbosarlari, sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga qo'yilgan masala yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Imoilov tanishtirib, yig'ilishni ochib berdi.

Shundan so'ng, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari podpolkovnik I.N.Tursunovning hisoboti tinglanib, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og'ir bo'lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo'l qo'yib, jinoyatni o'sishiga sharoit yaratib bergan omillar o'rganilib, bu borada ichki ishlar bo'limlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.

O'lim bilan bog'liq yo'l transport hodisalari, tan jarohati, o'g'irlik, firibgarlik, talonchilik va oila turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar o'sganligi ta'kidlanib, tungi vaqtda sodir etilayotgan o'g'rilik jinoyatlarining oldini olishda profilaktik ishlar etarli darajada yo'lga qo'yilmaganligi o'rganilib muhokama etildi.

I.N.Tursunovning hisobotida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va quyi tizimlarida jinoyatchilikni oldini olish, erta aniqlash va ularni jilovlash borasida yo'l qo'yilgan xato va kamchilliklar qattiq tanqid qilinib, kelgusida bu boradagi kamchilliklarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha aniq chora-tadbir va vazifalar belgilab olindi.

Ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasidagi muomala madaniyat, tartib intizom, qonunchilikka qat'iy rioya qilish hamda belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oshirish har bir ichki ishlar organi xodimining asosiy vazifasi ekanligi ta'kidlanib, rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться