O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan ochiq muloqotda ishtirok etish uchun tadbirkor va investorlarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish bo‘yicha Shtab o‘z ishini boshladi

2021-07-23 | Siyosat

Tez kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat tadbirkorlari va investorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Tadbirda biznes vakillari bilan ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etiladi va hal qilinadi, shuningdek, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.

Shu munosabat bilan ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida joriy yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va viloyatlar darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
 
Yig‘ilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas'ul idoralar bilan birgalikda tadbirkorlarning murojaatlari hamda takliflarini qabul qilish bo‘yicha Shtab tuzilgani ma'lum qilindi. Shtabda ish olib borish uchun barcha asosiy vazirlik va idoralarning xodim va mutaxassislari jalb etilgan hamda kechayu-kunduz faoliyat ko‘rsatuvchi “koll-markaz" orqali murojaatlarni qabul qilish amalga oshirilmoqda.
 
Vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat tahliliy guruh qabul qilingan murojaatlar bilan dastlabki ishlarni olib boradi va bo‘lajak tadbir kun tartibini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har kuni umumlashtirilgan ma'lumotnomalarni yuboradi.
 
Shtab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va murojaatlarni qabul qilishning joriy natijalari to‘g‘risida hisobotlar tinglandi. Shtabning uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda kelib tushayotgan murojaatlarni sifatli tahlil qilish, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan masalalarni tezkor va samarali hal etish uchun maxsus tizimni joriy qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
 
Vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga tadbirkorlar, investorlar va eksportchilar bilan manzilli ishlarni faollashtirib, ularni tadbirda ishtirok etishga jalb qilish, ular duch kelayotgan masalalar va takliflarni aniqlash hamda tizimli va alohida uchraydigan muammolarni turlari bo‘yicha tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek, aniqlangan masalalar asosida mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilashga doir konstruktiv takliflar ishlab chiqish topshirildi.
 
Shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari bilan davlat o‘rtasida bevosita muloqot qilishning doimiy mexanizmini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish dolzarbligi ham qayd etildi.
 
Ma'lumot uchun: Davlat rahbari bilan ochiq muloqotda ishtirok etish uchun tadbirkor va investorlarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha Shtab kechayu-kunduz faoliyat yuritadi. 20-iyuldan 31-iyulgacha Siz o‘z muammo yoki taklifingiz bilan murojaat qilib, mamlakat Prezidenti bilan bevosita ularni muhokama qilish imkoniyatga ega bo‘lishingiz mumkin.
 
Aloqa uchun ma'lumotlar:
 
Koll-markaz: + 998 71 238 52 52
 
Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasining “ishonch telefoni”ning raqami: 1100
 
Savdo-sanoat palatasi: + 998 71 150 60 06
 
Biznes-ombudsmen: + 998 71 202 09 06
 
Shuningdek, ITSV va Savdo-sanoat palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
 
Facebook: www.facebook.com/mift.uz
 
                www.facebook.com/uzchamber
 
Instagram: www.instagram.com/mift.uz
 
                 www.instagram.com/uzchamber
 
Telegram: t.me/uzchamber, @offer_bot
 
Elektron pochta manzili: info@mift.uz, info@chamber.uz

Поделиться